~ Kamol qozi madrasasi - Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik, 19-asrga tegishli. Kamol qozi madrasasining
binosi darsxona, ayvonli masjid, hovli va kichik hujralardan iborat. Darvozaxona serhasham boʻlib,
Xudoyorxon oʻrdasida boʻlgani kabi bu binoda ham faqat kirish qismi (sirti) zeb berib ishlangan.
Peshtoq tepasi rangbarang naqshlar bilan qoplangan boʻlib, handasiy shakllar arabiy bitiklar bilan
uygʻunlashib ketgan. Peshtoqining ikki yonidagi ustun goʻshalar yuqorisi bezakli kafasa bilan
yakunlangan. Darvozaxona ikki qavatli. Ustki qavatdagi darsxona oldi peshayvonli boʻlib, panjara
bilan toʻsilgan. Tomi 4 qirrali-chortark gumbaz bilan qoplangan. Hovli atrofiga masjid va hujralar
qurilgan. Masjid 4 ustunli, sharq tomoni ochiq, toʻsin tashlab qurilgan ayvoni bor. Uning ichki
tomoni ganch bilan ishlangan. Sirti suvoqsiz. Kamol qozi madrasasi meʼmorligida qoʻqonlik xalq
ustalarining anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Madrasa taʼmir qilinib, undan mehmonxona sifatida
foydalanilmoqda.