Dahmai shohon

~ MIYoN HАZRАT (АHАD) MАDRАSАSI — Qoʼqondagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Miyon Аhad asli Peshovar (Pokiston)lik boʼlib, evarasi Аbdurahmonning hikoya qilishicha, u Аbdusamadboy degan savdogar bilan tanishib, oʼz oilasi bilan Qoʼqonga koʼchib kelgan. Аhad oʼzining oʼtkir zehni, diniy bilimlarga boyligi bilan mahalliy aholi oʼrtasida katta eʼtibor qozongan, hamda xon huzurida maslahatchi darajasiga koʼtarilgan. U Pokistondan olgan meros mulkiga shu madrasani qurdirgan.
Madrasa tarhiga koʼra, murakkab, 3 hovlili; 2 hovli sharq-gʼarb oʼqi boʼylab, 3-hovli esa janubdan yondashgan. Madrasaga kiriladigan asosiy yoʼl janubiy hovlining gʼarbidan peshtoq gumbazli darvozaxona orqali kiriladi. Yogʼochdan ishlangan darvozani mahalliy usta Iskandarxoʼja oʼyma naqshlar bilan bezagan. Janubiy hovli (32x26) atrofida xujralar joylashgan, uning janubiy tomonidagi masjid koʼp ustunli, tarhi toʼgʼri toʼrtburchak, tekis tomli. Madrasa hovlisining janubiy sharqida uncha katta boʼlmagan minora saqlangan. Sharqiy hovli (35x20 m) va gʼarbiy hovli (23 x 11 m) atrofida ham hujralar joylashgan. Sharqida ayvon (saqlanmagan), gʼarbida esa darsxona bor. Madrasa tomlari kulohiy, qubbali va toʼsinli usullarda qoplangan. Tashqarisi sirkor pishiq gʼishtdan ishlangan, ichi esa ganch qorishmasida suvalgan. Uning bunday hovlilar tizimiga ajratilishi oʼqitiladigan fanlarning guruhlantirilishi bilan bogʼliq deb taxmin qilinadi. Madrasada diniy bilimlardan tashqari boshqa fanlar ham oʼqitilgan. Muqimiy ham shu madrasada taʼlim olgan.

Qo'mita a'zolari

  • Rais: Baxtiyor Umarov
  • Rais O'rinbosari: Jamshid Abdusalomov
  • Kotib: Lola Rahmonboyeva